Davlat soliq qömitasi raisi Botir Parpiyev işdan olindi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, B.Parpiyev boşqa işga ötkazilgan. Ma'lum qilinişiça, endilikda u Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika Kengaşi raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça örinbosari sifatida işlaydi. 

Ma'lumot uçun: Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tuğilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boşliği, 1996-1998 yillarda Özbekiston IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği, 1998-2002 – Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigaça – Özbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – Özbekiston Davlat bojxona qömitasi raisi bölib işlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan buyon Davlat soliq qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan. 

Şu bilan birga, Davlat soliq qömitasiga kim yangi rais etib tayinlanişi hozirça noma'lum bölib turibdi.