Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqxonalar kafolatlangan hajmdagi gaz bilan ta’minlanadi. Ularga soliq imtiyozi ham berildi
Prezident farmoni bilan, tabiiy gazda ishlaydigan issiqxona xo‘jaliklariga oktyabr-mart oylarida tabiiy gaz kafolatli hajmda yetkazib berilishi belgilandi. Issiqxonachilarning 1 oktyabr holatiga mavjud soliq qarzlari muzlatilib, foiz qo‘shilmagan holda 2028 yil oxirigacha to‘lash imkoni berildi. Ular, shuningdek, 3 yil davomida ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘laydi.
Foto: Kun.uz
“Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan, tabiiy gazda ishlaydigan issiqxona xo‘jaliklariga oktyabr-mart oylarida har oy uchun 50 foiz oldindan to‘lovlar asosida tabiiy gaz kafolatli hajmda yetkazib berilishi belgilandi.
Tabiiy gaz yetkazib berilmagani natijasida yo‘qotilgan hosil uchun yetkazib beruvchi tomonning javobgarligi shartnomalarda aniq belgilab qo‘yiladi.
Shuningdek, issiqxona xo‘jaliklari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berildi:
- 2026 yil 1 yanvardan boshlab 2028 yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;
- 2025 yil 1 oktyabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan to‘lov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028 yil yakuniga qadar uzaytiriladi.
Hujjatda quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan:
- meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026 yilda – 3,5 milliard AQSh dollari, 2027 yilda 4 milliard AQSh dollariga yetkazish;
- issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 2026 yilda – 620 ming tonnaga, 2027 yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
- 2026 yilda qo‘shimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027 yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali ko‘chat va sabzavotlar ekishni tashkil etish.
Mavzuga oid
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
14:31 / 03.12.2025
Markaziy Yevropa agrar habida o‘zbek meva-sabzavotlari premium segmentga chiqmoqda
11:43 / 03.12.2025
Qibray tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalar aniqlandi
11:03 / 03.12.2025