Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, mazkur körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oşgan. Şu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlarining jami eksportdagi uluşi 5,9 foizni taşkil etgan.
Eksport tarkibida 31,3 ming tonna meva va rezavorlar, 36,7 ming tonna sabzavotlar, 9,4 ming tonna moş, 2,4 ming tonna yeryonğoq va yonğoqlar hamda 26,8 ming tonna boşqa turdagi mahsulotlar örin olgan.
Meva-sabzavot eksporti hajmining ösişi Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlariga taşqi bozorlarda talab ortib borayotganidan dalolat beradi.













