Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjid va madrasalar uchun kitob yig‘ish aksiyasi davom etmoqda
Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan keng ko‘lamli xayriya aksiyasi boshlagani barchaga ma'lum. Ushbu aksiyadan maqsad O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur'oni karim, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga kitoblar va ko‘plab diniy-ma'rifiy asarlarni yetkazib berishdir.
Bundan tashqari, tushgan mablag‘ evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida bepul onlayn kutubxona tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Aktsiyada pul o‘tkazish yoki kitob berish orqali qatnashish mumkin. Har kuni yig‘ilgan mablag‘ haqida ma'lumot berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz: 11 iyul kuni «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 15 ta masjidga jami hisobda 18 mln so‘mlik 40 turdagi 735 ta kitob yetkazib berilgan edi.
Ma'lumot uchun: So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)
Vaqf xayriya jamoat fondi ushbu loyihada kitob yig‘ish uchun viloyatlardan ko‘ngillilarni hamkorlikka chorlaydi!
Murojaat uchun telefon raqami: (71) 150 64 36
Mavzuga oid
15:32 / 05.11.2018
Vaqf xayriya jamoat fondining «Mehr-muruvvat karvoni» Qoraqalpog‘iston va Xorazmda bo‘ldi
15:02 / 05.11.2018
Qur'oni Karimning brayl yozuvidagi noyob nusxasi O‘zbekistonga keltirildi
22:35 / 17.10.2018
«Vaqf» xayriya jamoat fondi yangi loyiha boshlaganini ma'lum qildi
15:41 / 15.10.2018