1 sentabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi
Ko‘p kvartirali uylarda zilzilabardoshlikka ta’sir qiladigan konstruksiyalar aniqlanadi.
“O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 sentabrdan:
seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;
ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.
Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
Seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obektlarning konstruksiyasini o‘zgartirish (qavatlar sonini o‘zgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) bo‘yicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning o‘zgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olingandan so‘ng ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
07:59 / 03.08.2024
Nijniy Tagilda uy qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi
14:49 / 12.06.2024
May oyida uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
08:10 / 11.06.2024