Murat Kamalov Jo‘qorg‘i Kenges raisligidan ketdi
Murat Kamalov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimidan ozod etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalovning betobligi sababli vakolat muddatini oldindan to‘xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish haqidagi murojaati ko‘rib chiqilib, uning vakolat muddatini oldindan to‘xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Davlat rahbarining kirish so‘zidan so‘ng Oqsoqollar kengashi qaroriga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga tavsiya etilgan Amanbay Tleubayevich Orinbayevning nomzodini ko‘rib chiqishga o‘tildi.
Amanbay Orinbayevning nomzodini ko‘rib chiqishdan avval prezident nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari va takliflarini tinglashni taklif etdi.
Nomzod Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani rivojlantirish, sanoat loyihalarini ko‘paytirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud muammolarni va ularni hal qilish bo‘yicha takliflarini bayon etdi. Prezidentdan bu rejalarni to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar ajratilishida ko‘mak so‘radi.
- Eslatib o‘tamiz, Murat Kamalov 2020 yil kuzida Musa Yerniyazov o‘rniga Qoraqalpog‘iston rahbari bo‘lgandi. Bugungi sessiyada prezident Qoraqalpog‘iston rahbariyatini iyun oyi boshidagi voqealar uchun keskin tanqid qildi.
- Ma’lumot uchun, Amanbay Orinbayev muqaddam IIB tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2022 yil martidan iyuliga qadar Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri bo‘lgan, hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.
Mavzuga oid
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
23:11 / 07.01.2023
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev sudda ko‘rsatma berdi
10:43 / 13.09.2022
Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosarligiga saylandi
07:33 / 10.09.2022