Tadbirda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişni Jöqorği Kenges raisining örinbosari Atabek Davletov oçdi. Sessiyaning kotibiyati saylanib, kun tartibi tasdiqlandi, Oqsoqollar kengaşi va Hisob-sanoq komissiyasi tarkibi tuzildi.
Oqsoqollar kengaşining qaroriga muvofiq, Jöqorği Kenges raisi lavozimiga Kamalov Murat Qallibekoviç nomzodi tavsiya etildi.
Davlat rahbari sözining avvalida koronavirus pandemiyasi butun dunyoda bölgani kabi yurtimizga ham yöqotişlar olib kelgani, lekin hayot davom etişi, şu şaroitga munosib bölib, töğri yöl topiş zarurligini ta'kidladi.

- Bugun qoraqalpoq elini, tuproğini, imkoniyatlarini yaxşi bilgan, xalq tanigan, turli masalalarni hal qila oladigan yetakçini saylab olişimiz kerak. Berdaq bobomizning dono sözlari bilan aytganda: Xalqning ğamini öylagan, yurt ğamxöri kerak menga, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident hozirgi murakkab paytda rahbar böliş oson emasligini, Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş böyiça boşlangan işlar 2-3 karra köpaytirib davom ettirilişini ta'kidladi.
- Murat Kamalovni köp yillardan beri taniyman, - dedi prezident. - U avvalo halol odam, vatanparvar odam. Qayerda işlagan bölmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yaşaganiga guvohman. Eng asosiysi şu. Boşqasi tajriba bilan keladi. U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov işlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb işonaman.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Murat Kamalovning insoniy fazilatlari, fidoyiligi va rahbarlik qobiliyatini hisobga olib, uning nomzodiga öz roziligini bildirdi.
Jöqorği Kenges deputatlari, jamoatçilik vakillari sözga çiqib, nomzodni qöllab-quvvatladi. Yaşirin ovoz beriş yöli bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, Jöqorği Kengesning raisi Qoraqalpoğiston Respublikasi rahbari va eng yuqori lavozimli şaxsidir. Jöqorği Kenges raisi ayni organ tomonidan Özbekiston Respublikasi prezidentining roziligi bilan hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining deputatlari orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan Jöqorği Kengesning vakolati muddatiga saylanadi.












