Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorgi Kengesining navbatdan taşqari 34-sessiyasida iştirok etmoqda.
 
Davlat rahbari kiriş sözida «Inson qadri uçun» ezgu tamoyili asosidagi tub islohotlar Qoraqalpoğistonning har bir şahar va tumani, qişloq va ovuli, har bir xonadoniga kirib borişini ta’minlaş asosiy maqsadlardan biri ekanini ta’kidladi. 

«Men prezident sifatida 6 yil davomida boşqa hududlarga nisbatan eng köp, ya’ni 9 marta mana şu saxovatli zaminga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoşlar vakillari bilan köp-köp muloqotlar qildim.

Uşbu davrda Qoraqalpoğistonni kompleks rivojlantirişga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik. Hududda tadbirkorlik sub’yektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari işga tuşirildi.

Birgina joriy yil fevraldagi taşrif doirasida hududni har taraflama rivojlantiriş uçun 1,5 trillion söm mablağ ajratdik», dedi prezident.

Qoraqalpoğistonda içimlik suv ta’minoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgaça ta’lim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boşiga 2 barobarga oşişiga erişilgani ta’kidlandi.

Davlat rahbari şunça sa’y-harakatlarga, Qoraqalpoğistonga ajratilayotgan katta-katta mablağlarga qaramay, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganini qayd etdi.

«Çunki bu yerdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar «xalqni rozi qiliş» degan ezgu tuşunçani hali anglab yetmagan», dedi prezident.

Bugungi kunda ham aholi örtasida içimlik suvi, içki yöllar, elektr ta’minoti, işsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan şikoyatlar yuqoriligiça qolmoqda.

Aslida, 2 oy oldingi voqealar negizida ham aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yeçim topilmagani yotgani körsatib ötildi.

«Afsuski, ayrim rahbarlar xalqimizga xalol xizmat qiliş örniga farovonligini ta’minlaşga yönaltirilgan mablağlarni samarasiz sarflaş, yaratib berilgan imkoniyatlarni işga solmaslik, el-yurt uçun jonini berib işlamaslik holatlariga yöl qöyib kelmoqda», dedi prezident.