O‘zbekiston | 11:39 / 15.06.2020
3782
7 daqiqa o‘qiladi

Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi 365-son qarori bilan ushbu konsepsiya qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, quyidagilar 2020-2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

respublika rezidentlari va norezidentlarini uch (o‘zbek, rus, ingliz) tilda o‘qitish nazarda tutiladigan o‘qishga ochiq qabul qilishni tashkil etish;

biznes ma'muriyatchiligi sohasida bakalavr va magistr (VVA va MVA) akademik darajasini bergan holda, bank biznesi va moliyani boshqarishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;

robotlashtirishning o‘sib borayotgan ta'siri va sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanishini inobatga olgan holda mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga oladigan iqtisodiyot va moliya sohasidagi istiqboldagi yangi kasblar xaritasini ishlab chiqish;

davlat namunasidagi diplom bergan holda kadrlar tayyorlashni ta'minlash;

xalqaro korporativ universitetlar («Sberbank» OAJ, Credit Suiss, Unicredit va boshqalar) bilan birgalikda qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish;

masofadan turib (elektron) o‘qitish orqali respublika hududlaridagi tijorat banklari filiallari uchun ta'lim dasturlarini tashkil qilish va o‘tkazish.

 Akademiya quyidagilar bo‘yicha tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi:

bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash;

bank va moliya sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

 Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida quyidagilar ta'lim oladi:

davlat grantlari mablag‘lari hisobidan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;

Akademiya Kengashi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida to‘lov-kontrakt asosida respublika rezidentlari va norezidentlari.

 Boshqa oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha bakalavriati 3-kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘qishini tanlov asosida Akademiyaga o‘tkazishlari mumkin.

 Akademiyaning xalqaro darajada tan olinishi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda:

2020/2021 o‘quv yilida:

·        tinglovchilarni sinxron tarjima bilan ta'minlash orqali Akademiyada uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) o‘qitishni tashkil etish;

·        chet tillarini o‘rtacha darajadan yuqori bilgan va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ulushini 100%ga yetkazish;

·        Akademiyaning o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish;

·        xorijiy kompetensiya markazlari bilan hamkorlikda 500 nafar tinglovchi uchun moliya texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar maktabini ishga tushirish;

·        2020 yilga kelib shahar tashqarisida chet ellik o‘qituvchilar va tinglovchilarni yashash, ovqatlanish va o‘qitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1 000 kishiga mo‘ljallangan kampus qurilishini boshlash

2021/2022 o‘quv yilida:

·        ta'lim to‘liq xorijiy tillarda olib boriladigan ta'lim yo‘nalishlari mutaxassisliklari va fakultetlarning salmog‘ini 50%ga yetkazish;

·        xalqaro professional sertifikatlash imtihonlariga (CFA, FRM, ASSA, CPA, CIA, SMA va boshqalar) tayyorgarlik ko‘rish uchun shart-sharoitlar yaratish;

·        individual ta'lim yo‘nalishlarini rivojlantirishda tashkiliy-uslubiy (tyutor) yordam tizimini joriy etish

2022/2023 o‘quv yilida:

·        2025 yilgacha Akademiyaning bank va moliya sohasidagi xalqaro ta'lim markazi sifatida imijini yaratish uchun PR-strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

·        2022-2025 yillarda chet el fuqarolarini Akademiyaga o‘qishga jalb qilish bo‘yicha TIVning diplomatik vakolatxonalari bilan faol hamkorlik qilish;

·        xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 2023 yilga mo‘ljallangan «ikki diplom» qo‘shma dasturlarini amalga oshirish

2024/2025 o‘quv yilida:

·        chet ellik o‘qituvchilar va tinglovchilarning umumiy sonini 2025 yilda 20%ga yetkazish;

·        Akademiyaning xorijiy mamlakatlardagi filiallarini tashkil etish;

·        har yili xalqaro e'tirof va raqobatdoshlikni oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish

 Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:

 1. Quyidagilarni qurish va ishga tushirish:

Akademiyaning masofaviy ta'lim tizimi va dasturiy kompleksining ishlashini ta'minlovchi Hisoblash markazini;

2021 yildan boshlab 2 yil ichida kamida 500 mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydigan Moliyaviy axborot texnologiyalar mutaxassislari maktabini;

2023 yildan boshlab kunduzgi, kechki va masofaviy ta'limda kamida 1 000 nafar bakalavr va magistrlarni qabul qilishni ta'minlovchi Xalqaro bank maktabini;

2024 yildan boshlab yetakchi xorijiy biznes maktablari bilan hamkorlikda Executive MBA rahbarlarini o‘qitish dasturlari kampusini.

 2. Akademiyaning xalqaro tan olinishini ta'minlash, nufuzli xalqaro tashkilotlarning talablariga javob beradigan biznes-maktablarni ro‘yxatiga kiritish (Association of MBAs, European Council for Business Education va boshqalar).

 3. 2024 yilda kadrlar, buyurtmachilar, talabalar, tinglovchilar, bitiruvchilar va xodimlarning qoniqish darajasini (NPS indeksi) 90 birlikkacha oshirish.

 4. Bank va moliya sohasi rahbarlarining qisqa muddatli malaka oshirish kurslari orqali kamida 80 foizini qamrab olish darajasini ta'minlash.

 5. Akademiyaning kirish sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlar va magistraturaga o‘qishga kirayotgan shaxslarning sifat darajasini 50 foizga oshirish.

 6. 2020-2025 yillar davomida kamida 150 ta ilmiy maqola va tadqiqot natijalarini xalqaro ma'lumotlar bazalarida indeksatsiya va iqtibos bilan nashr etishni ta'minlash.

 7. 50 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan endaument-jamg‘armani shakllantirish orqali Akademiya xorijiy faoliyatining 2025 yilgacha to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirilishini ta'minlash.

Hujjat 9.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid