Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinçi örinbosari Şohrux Daliyev bu yil qabulga oid yangiliklar barvaqt e’lon qilib borilişini aytdi. U, şuningdek, qabulga oid tartibni işlab çiqadigan maxsus komissiya qarorlari nega töliq e’lon qilinmasligiga ham izoh berib ötdi.  

“Özbekiston respublikasi ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi bu yopiq degani endi şunday masalaki, bu komissiya hukumat huzurida faoliyat yuritadi. U kollegial organ, u yerda vazirlik va idoralar bor, 20 dan ortiq odam bor. U yerda muhokama etilib, qabul qilinayotgan qarorlar barçasi faqat va faqat yoşlarimiz va abituriyentlar manfaatini közlab qilinadi. Va öşa davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan barça zarur bölgan normalar hammasi ijtimoiy tarmoqlarda ruxsat bilan e’lon qilib boriladi”, – dedi Daliyev Kun.uz muxbiri bergan savol asnosida.

U, şuningdek, test sinovlarini ötkaziş jarayoniga oid xavfsizlik kabi masalalar yopiq bölişi va buning xalqqa heç qanaqa ta’sir qiladigan joyi yöqligini ham qöşimça qildi.

2024/2025 öquv yili qabulida super kontrakt tölaş tartibida tuşunmovçilik bölgandi. Öşanda tanlagan 5 yönalişidan biriga kirganlar 1-yönalişiga katta miqdordagi super kontrakt tölaşi kerakligini şartnoma oliş vaqtidagina bilib qolişgan. Çunki oldingi yili 1-yönalişiga kiçik miqdordagi tabaqalaştirilgan kontrakt tölab öqilgan. Bu haqda imtihondan keyin mas’ul taşkilotlar ogohlantiriş bermagani abituriyentlar noroziligiga sabab bölgandi.

Mas’ul izohiga köra, bu yil bunday yangiliklar barvaqt e’lon qilinib, talabalarga tuşuntiriş berib boriladi. “Endi tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt masalasiga kelganda, talaba öqişga kirmaganidan keyin öşa balliga qarab turib, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt tölab öqiydi. Siz aytgandek, 2-yönalişga kirib qolib, 1-yönalişda öqimoqçi bölsa, 1-yönalişda öqiyman deydigan bölsa, bu qöşimça qilib berilgan tanlov edi, majburiy emas. Bizda bugungi kunda mana, mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib çiqib kvota şakllantirilyapti. Kvota bölgani uçun biz ham bu kvotani buzib yubormasligimiz kerak”, – dedi u.