AQŞ prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols esingizda bölsa kerak. Ha, Yamanga qarşi zarbalar muhokama qilingan Signal messenjeridagi çatga Atlantic jurnali muharririni qöşib qöygan mulozim. Tramp 1 may kuni mana şu maslahatçisining «pattasini qöliga tutqazdi».

Albatta, Tramp butun boşli milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi havaskorlarga xos harakat qilib, qandaydir jurnalistni Oq uydagi mulozimlar çatiga qöşib qöygani uçun haydalganini tan olmasa-da, iste’fo sababi şu bölgani aniq.

BMTga «surgun qilindi»

Avvalo Mayk Uols egallagan lavozim qançalik jiddiy ekani haqida ikki oğiz. AQŞ prezidenti ma’muriyatida köp odam işlamaydi, prezident maslahatçilari ham köp emas. Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi bevosita xavfsizlik, uruş va harbiy harakatlar masalasida prezident qabul qiladigan qarorlarga ta’sir qila oladigan odam. Şunday ekan, Mayk Uols Tramp ma’muriyatining yuqori martabali mulozimi edi deb bemalol ayta olamiz.

Tramp tabiiyki, Uolsni işdan böşatdim demadi, şunçaki «uni yangi lavozimga tavsiya qilganini» aytdi. «Sizga Mayk Uols nomzodini AQŞning BMTdagi elçisi lavozimiga ilgari surişimni mamnuniyat bilan xabar qilmoqçiman. Davlat kotibi Marko Rubio Davlat departamentining kuçli rahbari böliş bilan bir vaqtda vaqtinça milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi lavozimini ham egallaydi», deb yozdi Tramp öziga tegişli Truth ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Uols Twitterʼda Trampning maslahatçisi bölib işlaş uning uçun şaraf bölganini yozdi. Trampning buyruği bilan Mayk Uolsdan taşqari uning örinbosari Aleks Vong, şuningdek, milliy xavfsizlik kengaşining yana bir qator a’zolari işdan böşatilgan.

Amerika naşrlari Uolsning iste’fosini Yamandagi husiyçilar pozitsiyasiga berilgan zarbalar Signal çatida muhokama qilingani bilan boğlamoqda. Öşanda Mayk Uols davlat sirlari muhokama qilingan çatga Atlantic jurnali muharririni qöşib qöygandi. Jurnalist yozişmalar skrinşotini e’lon qilgaç, bu masala Amerikada jiddiy muhokama qilindi, Tramp ma’muriyatida professional bölmagan odamlar yiğilgani aytildi.

Darvoqe, jurnalistlar Uols özi qatnaşgan oxirgi hukumat yiğilişida ham Signal messenjerida sms öqib ötirganiga e’tibor qaratgan. Tarqalgan suratlardan vitse-prezident Vens nimanidir öçiriş haqida gapirganini anglaş mumkin.

Tramp öşanda hammasi joyida degan bölsa-da, katta ehtimol öşa vaqtdayoq Uolsni işdan ketkazişni öylagan. BMTga elçi qilib yuborilganining özi Tramp Uolsni qançalik yomon körib qolganidan nişona. Çunki Tramp ikkinçi muddatga kirişganidan beri BMTga nisbatan salbiy munosabatda bölib, uning qoşidagi taşkilotlardan çiqib ketyapti. Ha, Uols BMTga surgun qilindi, desak mubolağa bölmaydi. Odatda qaysidir mulozimni biror işga ötkaziş orqali «siyosiy jazolaş» avtoritar davlatlarda uçraydigan holat. Tramp ikkinçi muddatida aynan avtoritar davlat rahbarlari kabi işlamoqda.