Jahon | 13:18 / 14.04.2018
74259
2 daqiqa o‘qiladi

Putin bayonot berdi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, AQSh o‘z ittifoqchilari bilan Suriyadagi harbiy va fuqarolik obektlariga BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasisiz aviazarbalar berib, BMT nizomi va xalqaro huquq normalarini buzdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«O‘n to‘rtinchi aprel kuni AQSh o‘z ittifoqchilari ko‘magida Suriya Arab Respublikasining qurolli kuchlari va fuqarolik infratuzilmasi obektlariga raketa zarbalarini berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining sanksiyasisiz, BMT Nizomini buzgan holda, xalqaro huquq normalari va prinsiplariga zid ravishda suveren davlatga qarshi tajovuzkorlik akti yuz berdi, Suriya esa terrorizm bilan kurashda eng oldingi o‘rinlarda turibdi», - deya ma'lum qilgan Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriya hududiga qarata 100dan ortiq qanotli raketa va «havo-yer» sinfidagi raketalarni uchirgani haqida xabar bergandi.

 

Mavzuga oid