Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Golovkin: «Men yutqazmadim, men ham revansh xohlayman»
Foto: Reuters
O‘rta vazn toifasida WBC/WBA/IBF kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin Saul «Kanelo» Alvaresga qarshi revansh janggi o‘tkazishga qarshi emas.
«Men meksikacha usulda jang o‘tkazishga tayyorman, yaqin masofada turib mushtlasha olaman. Men yanada dramatik shou ko‘rsatishni xohlagandim. Ammo bu u qadar o‘xshamadi.
Bu mening aybim emas, men har bir raundda bosim uyushtirdim. Men muxlislarni xursand qilmoqchi edim. Ammo bunday bo‘lib chiqmagan bo‘lsa, bu mening aybim emas. Men yutqazmadim. Men hali ham chempionman.
Albatta, men yana mushtlashishga, revanshga qarshi emasman. Revansh yoki boshqacha jang – men mushtlashishni istayman. Menda revansh o‘tkazish istagi bor», – degan Golovkin.
Golovkin – Alvares o‘rtasidagi uzoq kutilgan jangda g‘olib aniqlanmadi. Ushbu jang yakunida referilardan biri Golovkinga g‘alaba berdi (115-113), ikkinchisi – Alvaresga (118-110), uchinchi hakam esa kuchlar teng kelganini ma'lum qildi (114-114). Natijada, GGG kamarlarni o‘zida saqlab qoldi.
Bundan avvalroq meksikalik Alvares jang natijasi adolatli bo‘lmagani, Golovkin bilan yana jang qilishni istashi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 23.11.2025
Gennadiy Golovkin World Boxing prezidenti etib saylandi
08:22 / 26.05.2021
Gennadiy Golovkinning boks qo‘lqopi 55 million tengega sotildi
23:27 / 03.11.2019
Saul Alvares Kovalyovdan tortib olgan chempionlik unvonidan voz kechadi
13:10 / 03.11.2019