O‘zbekiston | 12:58 / 22.05.2019
25423
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi 

Ilhom Norqulov O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U 2018 yilning aprel oyidan beri Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ilhom Norqulov – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakultetida va Glazgo universitetining «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida tahsil olgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2013-2018 yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.

Bundan oldin, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid