Markaziy bank raisiga yangi örinbosar tayinlandi. Telegramdagi davletovuz kanalida xabar qilinişiça, Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori bölib işlab kelayotgan Ilhom Norqulov rais örinbosariga aylangan.
U fevral oyida Markaziy bank Raisi örinbosari lavozimidan ozod etilgan Alişer Valiyeviç Akmalov örnini egallagan. Alişer Akmalov 21 yil şu lavozimda işlagandi.
I. I. Norqulov Toşkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakultetida tahsil olgan. Şuningdek, Glazgo Universitetining (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlaniş» yönalişi böyiça magistraturani tamomlagan.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida va işlab çiqariş sohasida iş tajribasiga ega.
Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda boş mutaxassis lavozimidan boşlagan. 2013-2018 yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.
Qayd etiş kerakki, bu 10 kişilik bank rahbariyatida keyingi bir yil içidagi yettinçi özgariş böldi.
2017 yilning 18 aprelida «Trastbank» rahbari (2010 yildan) Şerzod Rafatoviç Xadjizadayev Prezidentining tegişli farmoniga asosan Markaziy bank raisining örinbosari etib tayinlangandi.
2017 yilning 23 may kuni 1991 yildan Özbekiston Respublikasi Markaziy bankini boşqargan Fayzulla Maqsudjonoviç Mullajonov 67 yoşida vafot etdi.
2017 yilning 6 iyunida sobiq Moliya vaziri (2000-2004) va Samarqand viloyatining sobiq hokimi (2004-2006), Markaziy bank raisi maslahatçisi (2006 yildan), Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Mamarizo Berdimuratoviç Nurmuratov Markaziy bank raisiga aylandi.
2017 yilning 7 iyunida esa Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Timur Aminjanoviç Işmetov











