Jamiyat | 00:13 / 05.01.2017
12828
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada milliondan ortiq o‘rdak qiriladi

Foto: RIA

Fransiyada parranda grippi xavfining oldini olish maqsadida o‘rdaklarni ommaviy qirg‘in qilish buyurildi. Bu haqida mamlakat qishloq xo‘jalik vazirligi ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi

Manbaga ko‘ra, 5 yanvardan 20 yanvargacha Jyer, Lands va Yuqori Pirenei departamentlarida parrandalarga nisbatan profilaktik choralar ko‘riladi. Erkinlikdagi barcha o‘rdaklar yo‘q qilinishi ta'kidlandi. 

Vazirlikning ta'kidlashicha, dekabr oyi boshidan mamlakat xo‘jaliklarida 89 yuqori darajadagi parranda grippi (H5N8) o‘chog‘i qayd etilgan. Kasallik ayniqsa mamlakatning janubi-g‘arbida avj olgan.

Reuters mintaqadagi fua-gra ishlab chiqaruvchilari xabariga tayanib, 20 yanvargacha umumiy soni 18 millionni tashkil qiluvchi parrandadan 1,3 million o‘rdakning yo‘q qilinishi haqida ma'lum qildi. 

Mavzuga oid