Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining boshlanish nuqtasi – uch qavatli ko‘prikdan Tanho chorrahasigacha bo‘lgan 4 kilometrlik qismi ta’mirlash ishlari sabab 20 oktyabrgacha yopildi. Kuni kecha Mahtumquli ko‘chasining Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tuvchi qismi bir oyga yopilgandi.
Qizil rangda – yo‘lning yopilgan qismi. Ko‘k rangda – aylanma yo‘llar
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligacha), Jasorat ko‘chasi va Do‘stlik ko‘chalarida transport harakati qisman cheklandi.
Bu yerda avtomobil yo‘lining yuqori qatlamiga PShMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqiziladi.
Shu munosabat bilan 2025 yil 8 oktyabrdan 20 oktyabr kunigacha bu ko‘chalarda transport harakati qisman cheklandi.

Haydovchilardan bir-birini hurmat qilgan holda harakatlanish so‘ralgan.
Kuni kecha Maxtumquli ko‘chasining bir qismi qariyb bir oyga yopilgan edi. Shahar markazidan Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab “Tashselmash” chorrahasi tomonga ketishda, yo‘lning sobiq “TashMI” oldidagi ko‘prik ostidan o‘tgan qismi 1 noyabrgacha yopildi.
Mavzuga oid
16:24 / 20.12.2025
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:43 / 17.12.2025
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
21:44 / 16.12.2025