Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning ba'zi tumanlari svetsiz qoldi – Taxiatosh IESda yirik avariya
18 iyul kuni ertalab Taxiatosh Issiqlik Elektr Stansiyasida (IES) yirik avariya yuz berdi. Natijada Xorazm viloyati va Qorqalpog‘iston Respublikasining bir necha tumanlari elektr energiyasiz qoldi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.
Taxiatosh IES rahbariyati yirik avariya bo‘lganini tasdiqladi.
Hozirda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Uning qachon yakunlanishi ma'lum emas.
Taxiatosh IES Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan. 1974 yilda ishga tushirilgan. Quvvati 730 MVt elektr enegriyasi ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Asosiy yoqilg‘isi – tabiiy gaz, zaxira yoqilg‘isi – mazut hisoblanadi. Taxiatosh IES Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
07:49 / 26.04.2021
«Taxiatosh» IES yirik yong‘in yuz bergani va qator hududlar «svet»siz qolgani haqidagi xabarni rad etdi
19:06 / 22.02.2021
«Taxiatosh» IESda ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi to‘liq quvvatga chiqarildi
12:25 / 18.06.2020
«Taxiatosh IES»da 280 MVt quvvatdagi ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi
13:40 / 04.04.2020