Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini töliq qoplaş maqsadida 17 iyun kuni “Taxiatoş IES”da 280 MVt quvvatdagi ikkinçi buğ-gaz qurilmasining işga tuşiriş jarayoni amalga oşirildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabariga köra, uşbu buğ-gaz qurilmasining işga tuşirilişi Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini ta'minlaşga xizmat qiladi.

Uşbu yirik investitsion loyiha prezidentning 2017 yil 11 sentyabrdagi “Taxiatoş IESda 230 – 280 MVt quvvatga ega ikkita buğ-gaz qurilmalarini quriş” investitsiya loyihasini amalga oşirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oşirilmoqda.
Bildirilişiça, loyiha Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda zamonaviy ilğor texnologiyalar asosida qilinmoqda.











