Ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatoş IES” AJda yonğin yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpoğiston Respublikasining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilişi yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ma'lum qilişiça, “Taxiatoş IES” AJda heç qanday yonğin va şu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan. Uşbu holatni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqlagani aytiladi.
Keça, 25 aprel kuni soat 20:46da stansiyadagi oçiq taqsimlovçi qurilmada qisqa tutaşuv yuz bergani sababli 1-sonli buğ-gaz qurilmasi va 1-, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining işga tuşişi natijasida öçib qolgan.
Voqea natijasida energouskunalarga heç qanday talafot yetmagan. Soat 21:23da stansiyada oçiq taqsimlovçi qurilmaning iş faoliyati tiklangan.
Energobloklar bosqiçma-bosqiç işga tuşirilib energotizimga ulanmoqda, deyiladi “Issiqlik elektr stansiyalari” matbuot xizmati xabarida.












