Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda rossiyalik xakerni 37 oyga qamashdi
Gozi kompter virusini ishlab chiqishda ayblanayotgan AQShda hibsga olingan rossiyalik Nikita Kuzmin 37 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Nyu-York janubiy federal sudi ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Kuzmin 2010 yili Kaliforniyaga borgan paytda qo‘lga olingandi. Unga AQSh va Yevropa banklari hisobidan pul o‘g‘irlay oladigan virus tarqatish aybi qo‘yilgan. 2011 yilning mayida u tergov-surishtiruv ishlarida kelishuvga rozi bo‘lib aybini tan oldi.
Umumiy hisobda virus butun dunyo bo‘ylab kamida 1 million va Amerikada taxminan 40 ming, ular orasida 160tasi NASA niki, kompyuterlariga yuqtirilgan. Qidiruv federal byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2005 yilda xakerlar “o‘n millionlab dollar”larni o‘g‘irlashgan.
Jinoiy ishning yana ikkita figuranti Latviya fuqarosi Denis Chalovskiy va Ruminiya fuqarosi Mixay Paunesku hisoblanadi. Ular 2012 yilda Nyu-York prokuraturasi talabi bilan o‘z respublikalarida hibsga olingan.
Mavzuga oid
21:40 / 20.01.2026
OITS - miflar ortidagi haqiqat: O‘zbekistonda 52 ming inson ushbu virus bilan yashayapti
13:35 / 19.01.2026
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
18:04 / 12.11.2025
“Bu xastalikdan 40 ga yaqin bola o‘ldi”: Qizamiq asoratidan aziyat chekayotganlarga kim yordam beradi?
22:21 / 22.08.2025