Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Olimpiya mash'alasi estafetasi start oldi
3 mayda Braziliya prezidenti Dilma Russeffning Braziliadagi ishchi qarorgohi – Planaltu saroyida Olimpiya mash'alasi estafetasi start oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Mash'ala Braziliyaga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bosh qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Lozanna shahridan samolyotda olib kelindi. Ruseff tantanali marosimda mash'alani voleybol bo‘yicha Braziliya ayollar terma jamoasi safida ikki marta Olimpiya chempioni bo‘lgan taniqli Fabiane Klaudinoga topshirdi.
Olimpiya mash'alasini Braziliya bo‘ylab oldindan tanlab olingan 12 ming kishi olib o‘tadi.
Musobaqalarning boshlanishiga qolgan 95 kun ichida olov 20 ming kmlik masofani bosib o‘tadi va 329 ta aholi punktida bo‘ladi. U Olimpiada boshlanadigan 5 may kuni Rio-de-Janeyrodagi mashhur "Marakana" stadioniga yetkaziladi.
Olimpiya olovi 21 aprelda Gretsiyaning Peloponnes yarimorolidagi Olimpiya vayronalarida yoqildi.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026