Sport | 16:30 / 03.05.2016
6053
1 daqiqa o‘qiladi

Kosovo UYeFA a'zoligiga qabul qilindi

Kosovo mamlakati futbol federatsiyasi UYeFA Budapeshtda o‘tkazilayotgan Kongressida tashkilotga rasmiy a'zo sifatida qabul qilindi.

Natijada, Kosovo UYeFA 55-a'zosi sifatida qayd qilindi. Tashkilotga a'zo bo‘lish uchun qolgan federatsiyalarning kamida 28ta ovoz kerak bo‘lardi.
Ovoz berish jarayonida 24ta federatsiya bunga qarshilik bildirgan bo‘lsa, ikki nafari neytral ekanini bildirgan.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid