Kosovoda sensatsiya, Fransiya oçko yöqotdi, Uelsda kalamuş öyinni töxtatib qöydi
|17:21 / 14.10.202517 46911 min
Qozoğiston safarda oçko olişga erişdi, ammo mundial yöllanmasidan butunlay umid uzdi. JÇ-2026 saralaşi doirasida Yevropada duşanba oqşomida ötkazilgan öyinlar va guruhlardagi vaziyat.
Ozarboyjonliklar bu öyinga saralaş turniri boşidan buyon birorta ğalabasiz taşrif buyurgandi va katta ehtimol bilan oxirgi turgaça bu özgarmay qoladi. Ukrainlar Polşadagi öyinda işonçli ğalabaga erişdi: Gutsulyak, Malinovskiy va Mikolenko gol urişdi. Töğri, ularning uçinçisi öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi: u raqibning qanotdan uzatmasini tösişga uringanida muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Nominal mezbonlar öyinning qolgan vaqtida total ustunlikka erişişdi.
Odatda Deşam va «rotatsiya» sözlari bir-biriga teskari, ammo islandlar bilan öyinda fransuzlar jamoasi boş murabbiyi istisno qilişga majbur edi. Dembele, Due, Barkolya, Markus Tyuram ortidan Mbappe ham jarohatlandi. Natijada muhim safar öyinida boşlanğiç tarkibda hujum uçligi Toven, Mateta va Nkunkudan iborat böldi, öyin davomida Akliuş ham maydonda paydo böldi. Va bu yigitlar hadeganda mezbonlarni doğda qoldira olmasdi: darvozabon Rabn Olafsson beşta seyv amalga oşirdi, Menyan esa darvoza sohasiga töğri borgan ikkita zarbani ham ötkazib yubordi.
Mavzuga oid
Mezbonlarning gollari orasida Nkunku va Mateta baribir öz maqsadiga erişdi, ammo hisob tenglaşganidan keyin boşqa özgarmadi. Natijada fransuzlar muddatidan oldin yöllanmani hal qila olmadi, şu bilan birga, guruhda qiziq intriga yuzaga keldi, birinçi navbatda – ikkinçi örin uçun kuraşda. Ukraina hozirda Islandiyani uç oçkolik farq bilan ortda qoldirmoqda, lekin ukrainlar keyingi turda Fransiya bilan, Islandii esa Ozarboyjon bilan öynaydi, oxirgi turda esa özaro öyin bölib ötadi (katta ehtimol bilan, öşa öyinda ğolib çiqqan jamoa ötiş bosqiçiga yöl oladi).
13 noyabr. Ozarboyjon – Islandiya, Fransiya – Ukraina.
16 noyabr. Ozarboyjon – Fransiya, Ukraina – Islandiya
Belfastdagi öyin turning markaziy bahslaridan biriga va peşqadamlik masalasi hal qilingan öyinga aylandi. Mezbonlar nomdor raqibga jiddiy kuraş taklif qilişdi va darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar soni böyiça ustunlikka ham erişişdi. Ammo öyinning 31-daqiqasida Nik Voltemade yana özini körsatib, bundestimdagi ilk golini urdi. Şundan keyin ham Germaniya köproq himoyalandi va faqat qarşi hujumlarga tayanib öynadi. Darvozadagi Baumann ham bir neça vaziyatda qutqardi. Yakunda minimal hisobdagi ustunlik va guruh jadvalidagi peşqadamlik saqlab qolindi.
Lyuksemburg va Slovakiya öyini esa ikki tomondan ham kulgili xatolar bilan yodda qoldi. Ammo Dardari mezbonlarni jazolay olmadi, uning yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib yöllagan zarbasi xato ketdi. Lyuksemburgliklar darvozaboni töpni raqibga sovğa qilganida esa Dudaning zarbasi ustunga tegdi. Lekin slovaklar yetakçisi ikkinçi bölimda aybini yuvdi. U burçak zarbasini ijro etaturib, kutilmaganda töpni jarima maydoniga yerlatib yetkazdi hamda Obertning hisobni oçuvçi goliga assistentlik qildi. Ikkinçi bölim davomida Şrans yaqin burçakka kuçli zarba yöllab, öyin masalasini hal qildi. Lyuksemburgliklar munosib qarşilik körsatib, raqib darvozasiga yetti bor zarba berdi, ammo bu zarbalarga aniqlik yetişmadi. Endi Slovakiya xuddi Germaniya kabi 9 oçko töplab, faqat töplar nisbatiga köra ikkinçi öringa joylaşgan, ammo jamoaning qolgan ikki turdagi raqiblari qiyinroq – avvaliga uyda ikkinçi örin uçun raqobatçi Şimoliy Irlandiyaga qarşi, oxirgi turda esa safarda favorit Germaniyaga qarşi öyinlar kutmoqda.
14 noyabr. Lyuksemburg – Germaniya, Slovakiya – Şimoliy Irlandiya.
17 noyabr. Şimoliy Irlandiya – Lyuksemburg, Germaniya – Slovakiya.
Ötgan turda makedonlarni yenga olmagan Belgiya vaziyatini oğirlaştirgandi va guruhdagi boşqa bir raqobatçisi Uels bilan öyindan oldin ikkinçi öringa tuşib qolgandi. Britanlar esa darhol oldinga taşlandi va 8-daqiqadayoq burçak zarbasi amalga oşirilganida jarima maydoni içida yolğiz qoldirilgan Rodon hisobni oçdi. Ammo «qizil iblislar» tezda vaziyatni öngladi va 24-daqiqaga kelib hisob 1:2 körinişini oldi. Avvaliga De Bryuyne töp Ampaduning qöliga tekkani uçun belgilangan penaltini aniq ijro etdi, olti daqiqa ötib uyuştirilgan ajoyib kombinatsiyadan keyin mehmonlar hisobda oldinga çiqib olişdi. Trossar maydonning ikkinçi qismidan turib diagonal pas bilan Dokuni oldinga boşladi, u esa yaqin «töqqizlik»ni öqqa tutgan Meneni golli pas bilan ta’minladi. Mehmonlar dastlabki 45 daqiqalikdagi barça vaziyatlaridan foydalana olganida, Kardiffdagi öyinda yirik hisob yuzaga kelgan bölardi.
Ikkinçi bölimda maydonga çiqib kelgan kalamuş ham mezbonlarga yordam bera olmadi.
Kemiruvçi butun maydon böylab harakatlandi va u çiqarib taşlanguniça öyinda biroz töxtaliş yuzaga keldi.
Kurtuaning reaksiyasi ham uni uşlab oliş uçun yetarli bölmadi.
Bu töxtalişdan keyin ham belgiyaliklar konsentratsiyani yöqotmadi. De Bryuyne yana bir bor 11-metrdan gol urdi va amalda öyin masalasini hal qildi. Mezbonlarning öyin oxirida intrigani jonlantiriş uçun urgan goliga darhol Trossar yana bir gol bilan javob qaytardi va Belgiya yana birinçi öringa çiqib oldi.
Şimoliy Makedoniya JÇ yöllanmasi uçun jiddiy kuraş olib bormoqda, Qozoğiston esa navbatdagi marta murabbiy almaşganidan keyin 2023 yilgidek kuçli öyin körsatmoqda. Ammo endi allaqaçon keç: ularda ikkinçi örin uçun ham imkoniyat qolmadi. Skopedagi öyinda qozoğistonliklar yarimhimoyaçisi Dinmuhammad Qahramon qayçi uslubida zarba berib, turning eng çiroyli gollaridan birini urdi.
Ammo bu ğalaba bilan qaytiş uçun yetarli bölmadi va Bardi öyin söngida jarima zarbasidan yana bir çiroyli gol urib, hisobni tenglaştirdi Makedonlar hamon birinçi örin uçun poygada qolmoqda, ikkinçi örin uçun nazariy jihatdan ham imkoniyatlarini yöqotgan Qozoğiston esa keyingi turda faqat muxlislar uçun öynaydi.
Şvetsiya maydonidagi hal qiluvçi öyinda mezbonlardagi inqiroz naqadar çuqur ekanini namoyiş etib berdi. APLning kuçli jamoalarida öynovçi Isak, Yoyekereş, Bergvall va Elanga kabi yulduzlar «Sassuolo» posboni Muriçga qarşi heç narsa qila olişmadi. Öz navbatida, kosovoliklar birinçi imkoniyatidanoq unumli foydalandi. Mezbonlar jarima maydonida şerigidan pas qabul qilib olgan Asslani töpni töxtatmasdan bir teginişda burçakka aniq yölladi. Tanaffus arafasida hisobdagi farq yanada oşişi mumkin edi, ammo bir hujumning özida darvozabon va ustun ikki marta mezbonlarni goldan qutqarib qoldi. Ikkinçi bölimda vaziyatni önglaşga bölgan urinişlar besamar ketdi. Endi Şvetsiyaga ötiş bosqiçiga çiqiş uçun faqat möjiza yordam berişi mumkin.
Bu turning eng zerikarli bahsiga aylandi va hisob ham şunga monand köriniş oldi. Şveytsariya ğalabali seriyasini davom ettirişi mumkin edi, ammo ijroçilarga omad yetişmadi. Mehmonlar asosan qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib borişga urindi, ammo yaqqol vaziyatlar yuzaga kelmadi (FotMob portali böyiça 0,78 xG qayd etildi). Natijada kosovoliklar ham birinçi örin uçun raqobatçi bölib qolmoqda.