Sport | 19:37 / 03.05.2016
11613
2 daqiqa o‘qiladi

O‘q otish sporti bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligi o‘tkazildi

“Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar Kengashida sportning “O‘q otish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakat miqyosida ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, 2016 yilning 30 aprel kuni “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi Chilonzor O‘quv sport texnika klubi tirida sportning “O‘q otish” turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Toshkent shahar birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi 8ta tuman O‘quv sport texnika klublaridan 49ta sportchi yoshlar qatnashishdi.

Musobaqada VP-2 mashqi bo‘yicha 26 nafar o‘g‘il bola, 12 nafar qiz bola, PP-1 mashqi bo‘yicha 9 nafar o‘g‘il bola va 4 qiz bola qatnashdi.

Musobaqada VP-2 mashqida o‘g‘il bolalar tarkibi natijalari:

1-o‘rin: S.Grigorev

2-o‘rin: I.Nikitin

3-o‘rin: A.Begimov

Qizlar tarkibi natijasi:

1-o‘rin: I.Mutalova

2-o‘rin: S.Nizamova

3-o‘rin: K.Kamalova.

PP-1 mashqida o‘g‘il bolalar tarkibi natijasi:

1-o‘rin: V.Svechnikov.

2-o‘rin: D.Maxamadjonov.

3-o‘rin: A.A'zamjanov.

Qizlar tarkibi natijasi:

1-o‘rin: A.Valeyeva.

2-o‘rin: Tuxvattulin.

3-o‘rin: A.Marchenko.

Jamoalar bo‘yicha:

1-o‘rin: Chilonzor O‘STK.

2-o‘rin va 3-o‘rinni TST va ATMlar egalladi.

Mavzuga oid