Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfon uchun olovda ishlovchi sayyohlik termozaryad uskunasi (video)
Bu sayyohlik gadjyeti har qanday smartfonning sivilizatsiyadan uzoqda zaryadlash imkonini beradi, shu bois u sayohatsevarlar va tabiat qo‘ynida bir necha kun yoki hafta yolg‘iz qolishni yoqtiradiganlar uchun eng ishonchli yordamchi bo‘lishi mumkin.
Akkumulyator past ko‘rsatkichni ko‘rsatganda, qurilmaga gulxan olovidan yoki termoelektrik effektini qo‘llab, sayyohlar termosidan energiya olinadi. FlameStower'ning taxlanuvchi konstruksiyasi o‘zida suyuqlik uchun kichik idish, olov ustida joylashtirilgan metall plastinani jamlagan. Haroratning farqini elektrik tok boshqaradi, uning chiqish quvvatini noutbukning USB-porti bilan taqqoslasa bo‘ladi. 20 daqiqali zaryadlash smartfonning suhbat rejimida 40 daqiqali faoliyatini ta'minlaydi. To‘liq zaryadlash vaqti olovning harorati va smartfonning o‘ziga bog‘liq. FlameStower 283,5 gramm vaznga ega, uning parametrlari 197x57x25mm, suv uchun rezervuar hajmi - 140 ml. Sayyohlik gadjyetining narxi - 99 dollar.
Mavzuga oid
09:39 / 19.06.2026
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026