Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda erkak avtobusni olib qochib, piyodani urib ketdi
Vashingtonning shimoli-sharqida erkak avtobusni olib qochib, trotuarga chiqib ketib, bir piyodani bosib qetdi. Bu haqda Vashington politsiyasi boshlig‘i Keti Lenir matbuot-anjumanida jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Erkak haydovchiga hujum qilib, transport vositasini olib qochgan va yoqilg‘i quyish stansiyasidagi avtoturargoh bordyuridan o‘tmoqchi bo‘lib, piyodani urib ketgan. Barchasi tez, 3 daqiqa davomida yuz bergan", deb ma'lum qildi Lenir.
Lenir gumonlanuvchi hibsga olinganini ma'lum qildi. "Bu juda g‘alati va berahm odam ekan", deb jinoyatchini ta'rifladi Lenir.
Lenirning aytishicha, jinoyatchida "ma'lum ko‘rinishdagi qurol" bo‘lgan, biroq u tafsilotlarga berilmadi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da sodir etilgan hujum oqibatida avtobusdagi yo‘lovchilar jabrlanmagan, haydovchiga esa hech narsa xavf solmagan. Urib ketilgan piyoda shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmaganlar.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026