Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabve dollar yetishmayotgani sababli o‘zining pul birligini chiqarmoqchi
Zimbabve mamlakatda to‘lov mablag‘lari yetishmayotgani muammosini hal qilish uchun o‘zi ishlab chiqqan dizayndagi naqd pullarni chiqarmoqchi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.
Maxsus ishlab chiqilgan 2, 5, 10 va 20 dollarlik qog‘oz pullar mamlakatdagi asosiy to‘lov valyutasi hisoblanadigan AQSh dollarlariga teng qiymatga ega bo‘ladi.
Zimbabve markaziy banki rahbari Jon Mangudyaning aytishicha, bu dastur African Export Import Bank moliya tashkilotining 200 mln dollarlik mablag‘i yordamida amalga oshiriladi.
AQSh dollari Zimbabveda milliy valyuta giperinflyatsiyaga uchragani sababli muomaladan chiqarilgandan keyin 2009 yildan boshlab ishlatila boshlangan. Shundan beri mamlakatda dollardan tashqari bir qator boshqa xorijiy valyutalar, xususan JAR rendi va xitoy yuani ishlatib kelinadi.
Ta'kidlanishicha, Zimbabveda AQSh dollari yetishmayotgani sababli boshqa valyutalardan, misol uchun renddan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda, biroq bu pul birligining ishonchliligi past baholanadi va mos ravishda likvidliligi ham cheklangan.
Mavzuga oid
12:22 / 30.04.2026
Aprel oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?
12:36 / 06.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush dollarga talabni yana oshirdi. Nega?
18:35 / 22.02.2026
Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi
19:52 / 15.02.2026