Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“E-yoshlar.uz” 9 may kuni navbatdagi aksiyani o‘tkazadi
9 may – “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “E-yoshlar.uz” loyihasining tashabbuskor talaba-yoshlari tomonidan maxsus internet aksiyasi tashkil etilmoqda.
Aktsiyaning asosiy maqsadi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fahriylari va aholining keksa vakillari holidan xabar olishdan iborat. Uning doirasida “video estafeta” ham tashkil etiladi.
Davomiyligi 15-30 soniyadan iborat videolavhalarda:
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fahriylari va aholining keksa vakillari holidan xabar olinadi,
-“Biz sizlar bilan faxrlanamiz va doimo yodimizda tutamiz!” shiori ta'kidlanadi.
- Shuningdek, yoshlar tengdoshlariga murojaat sifatida “Men xabar oldim – senchi!?” jumlasi chorlov sifatida targ‘ib etib, estafetani ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilariga yuborishadi.
Jarayon mobil telefonlar yordamida tasvirga olinadi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mazkur estafetani 8-9 may kunlari ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borish va loyihada faol ishtirok etish imkogiyatiga ega bo‘lishadi.
Bundan tashqari tadbir doirasida “E-yoshlar.uz” sayti tomonidan joriy etilgan tabriknoma shaklidagi matnli va foto ishlanmalar ham barcha ijtimoiy tarmoqlar va messendjyerlarga joylashtiriladi.


Mavzuga oid
16:49 / 09.05.2026
Foto: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:40 / 09.05.2025
G‘alaba bog‘ida “Xotira nuri” texnologik yodgorlik majmuasi ochildi
14:22 / 09.05.2025