Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ikkinchi jahon urushida Ukrainasiz g‘alaba bo‘lmasdi deb ta'kidladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyevda urush faxriylari bilan uchrashuvda ukrainalik harbiylar ishtirokisiz Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga erishib bo‘lmasdi, deb aytdi.
"Rad qilib bo‘lmaydigan bunday tarixiy dalillar borida Rossiya urushni Ukrainasiz yuta olardi deb qanday qilib surbetlarcha aytish mumkin. Bu urushni ukrainaliklarsiz yuta olmasdilar", deb Poroshenkoning so‘zlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati.
Poroshenko Ukrainaning G‘alabadagi rolini kim shubha ostiga qo‘yayotganiga aniqlik kiritmagan.
Rossiyalik rasmiy shaxslar bu umumiy g‘alaba bo‘lganini bir necha bor ta'kidlashgan. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin barcha millatlarning jasoratini yodda saqlash kerakligini, Rossiya Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin esa Sho‘ro armiyasining zobit va askarlarida yagona vatan bo‘lgani va "frontdagilarni rus va arman, ukrain va qozoq, tatar va gruzinlarga bo‘lish hech kimning xayoliga ham kelmagani" aytib o‘tganlar.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni ma’lum qilindi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
20:36 / 19.02.2025