Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi
Tadbirlar «Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi» shiori ostida o‘tkaziladi.

Foto: O‘zA
«Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «9 may – Xotira va qadrlash kuni» «Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi» shiori ostida o‘tkaziladi.
Urush qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarni xotirlash, ayni vaqtda hayot bo‘lgan mehnat faxriylari va keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.
Yolg‘iz va kam ta’minlangan urush qatnashchilarining yashash joyini ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Urush qatnashchisi va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi.
Urush qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga, front orti mehnat faxriylariga «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» yubiley medali topshiriladi.
Urush qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga xohishga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir martalik bepul yo‘llanma taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
-
Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi
Fan-texnika | 19:39
-
Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 19:37
Mavzuga oid

19:49 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi

16:21 / 06.10.2024
Urushda nemislar tomonida turib jang qilgan sotqin guruhlar

16:28 / 23.08.2024
Molotov-Ribbentrop paktiga 85 yil: sovetlar nega hitlerchilar bilan hamkorlik qilgandi?

15:52 / 09.06.2024