Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
Ukraina sobiq prezidenti bu haqda Oliy Radaga mamlakatda harbiy holatni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilganidan so‘ng bayonot berdi. Bu rejim Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazishga imkon bermaydi.

Ukrainada uzurpatsiya (hokimiyatni noqonuniy egallash) «bugungi kunda maqsad bo‘lishi mumkin emas», dedi mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy Rada minbaridan turib.
«Prezident ofisining siz parlamentariylar ustidan cheksiz vakolati butun Ukraina uchun sharmandalik. Va biz zudlik bilan birlashish uchun hamma narsani qilishimiz kerak», dedi u.
Poroshenko bu haqda Oliy Radaga mamlakatda harbiy holatni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilganidan so‘ng bayonot berdi. Bu rejim Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazishga imkon bermaydi. Ukrainada harbiy holat 2022 yilning 24 fevralida joriy qilingan va shundan beri har uch oyda uzaytirilmoqda.
Poroshenkoning qayd etishicha, harbiy holatning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi avvalgisining amal qilish muddati (9 may) tugashidan bir oy oldin Radaga kiritilgan.
«Parlamentdan buni 15-marta qo‘llab-quvvatlash so‘ralmoqda. Biz buni qilish kerakligini aniq bilamiz, lekin nega tugashiga bir oy qolganda? Men ta’kidlamoqchiman: biz ochiq-oydin tan olishimiz kerak, rasmiylar harbiy holatni suiiste’mol qila boshladi, undan nafaqat mamlakatni himoya qilish, balki avtoritar tuzum qurish uchun ham foydalana boshladi», dedi Ukraina sobiq prezidenti.
2024 yil may oyida Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyning rasmiy vakolat muddati tugadi. Prezidentlik saylovi 2024 yil mart oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq o‘tkazilmadi. Kiyev Zelenskiy Konstitutsiyaga ko‘ra, yangi davlat rahbari saylanmaguncha o‘z lavozimida qolishini ma’lum qildi.
Oq uyga qaytgan Donald Tramp Ukrainada prezidentlik saylovini o‘tkazishga chaqirdi. Fevral o‘rtalarida u Zelenskiyni ma’qullash reytingi bor-yo‘g‘i 4 foizni tashkil etganini ta’kidladi. Ukraina rahbari Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti ma’lumotlariga tayanib, Zelenskiyning ishonch reytingi 57 foizni tashkil etadi va Tramp ma’lumotlari Rossiya dezinformatsiyasi ekanligini aytdi. Shundan so‘ng AQSh prezidenti Zelenskiyni «saylovsiz diktator» deb atagan edi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi
Iqtisodiyot | 10:24
-
Fitch 2025 yildagi global iqtisodiy o‘sish prognozini ikki foizgacha pasaytirdi
Iqtisodiyot | 10:21
-
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 09:47
-
Vashingtonda AQSh xavfsizlik vaziri o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi
Jahon | 09:41
Mavzuga oid

10:34
Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

21:01 / 21.04.2025
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi

14:36 / 21.04.2025
«Yoki Putin armiyasini to‘liq nazorat qilmayapti, yoki ularning niyati jiddiy emas» - Zelenskiy Pasxa sulhiga amal qilinmayotgani haqida

12:43 / 21.04.2025