Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obodlik mahalladan boshlanadi
Farovonlikka intilish, o‘zi yashayotgan joyni go‘zal, fayzli va sarishta qilish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu fazilatlardan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Vatanimizning bosh shahri – Toshkentda ham xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ma'naviy qarashlari, zamonaviy jahon shaharsozlik va milliy me'morlik an'analarini o‘zida mujassam etgan betimsol qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Keng va ravon yo‘llar, sarishta ko‘chalar, mahobatli binolar, so‘lim xiyobonlar, ko‘rkam maydon va bog‘lar poytaxtimizga o‘zgacha chiroy baxsh etmoqda.
Gapimizning misoli tariqasida poytaxtimizning Yashnaobod tumani Elbek ko‘chasi 24/1 uy va Angren shakar zavodining ofisi oralig‘ida olib borilgan obodaonlashtirish ishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ilgarilari bu yer chiqindilar bilan to‘la bo‘lib, o‘tgan kishining kayfiyati buzilardi. Yon-atrofdagi kishilarga ham salbiy ta'sir o‘tkazar edi. Eng yomoni ekologiyaga zarar yetkazar edi.





Xalqimiz suygan san'atkor, so‘z ustasi Valijon Shamshiyev xayirli ishga qo‘l urib, mana shu maydonni obodonlashtirishga bel bog‘ladi. Natijada axlatxona o‘rni tozalandi, tekislanib, u yerda yaxshi niyatla bog‘ barpo etish ishlari boshlanib ketdi.






- Prezidentimiz rahnamoligida shahar va qishloqlarimizni obod qilish, atrof-muhit musaffoligi va ekologik barqarorlikni ta'minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, - dedi Valijon Shamshiyev. – Biz ham ana shu xayirli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida, el duosi ostida shu ishlarni boshlab yubordik.
Obodlik, go‘zallik bor joyda xotirjamlik, qut-baraka bo‘ladi. Ulardan bahra olgan insonning salomatligi mustahkamlanib, umriga umr qo‘shiladi. Qalbida ezgu va xayrli ishlarga rag‘bat ortadi.






Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026