Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada xorijlik talabalar o‘zbekcha raqs tushishdi
9-13 may kunlari Yaponiyadagi Ritsumeykan Osiyo-Tinch Okeani universitetida O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi.
Tadbir doirasida Ritsumeykan Osiyo-Tinch okeani universitetining turli davlatlardan bo‘lgan talabalari o‘zbek milliy raqsini ijro etishdi.
Tadbir ishtirokchilaridan biri Barno Vafayeva o‘zining Facebook'dagi tarmog‘ida bayram videosi bilan bo‘lishdi.
OAVning xabar berishicha, raqslarda O‘zbekiston, AQSh, Yaponiya, Indoneziya, Hindiston, Vetnam, Xitoy, Koreya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan kelgan 40 nafar atrofidagi talaba qatnashgan.
Videoda qizlar va boshlariga do‘ppi kiyib, bellariga belbog‘ bog‘lagan yigitlar o‘zbek qo‘shiqlariga milliy raqsga tushishgani tasvirlangan.
Ritsumeykan universiteti - Beppu shahrida joylashgan Yaponiyadagi eng katta xususiy universitetlardan biri. U yerda 83ta mamlakatdan kelgan 2500dan ortiq talaba tahsil oladi. Ma'lum qilinishicha, har yilda universitetda ma'lum bir mamlakatning madaniyatiga bag‘ishlangan "Xalqaro hafta" o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026