AQShda kimyoviy xavfsizlik bo‘yicha qonun qabul qilindi
AQSh prezidenti Barak Obama AQShning kimyoviy xavfsizlik bo‘yicha yangi federal qonunini imzoladi. Bu qonun zararli kimyoviy moddalar, misol uchun, formaldegid va asbestni ishlatish uchun xavfsizlik standartlarini o‘rnatadi va umuman maishiy kimyoga yondashuvni qat'iylashtiradi.
Obama qonunning qabul qilinishini qarshilab, kimyoviy sanoat vakillari va ekologlarning birgalikdagi ishiga tahsin aytdi va AQShning yetakchi partiyalarining qonun chiqaruvchilari ishini ham ta'kidlab o‘tdi. "Bu bugungi qutblashgan muhitda Vashingtonda nimadir bo‘lsa ham ishlashini isbotlaydi", deb aytdi Obama.
Yangi qonun mohiyatiga ko‘ra, 40 yil ichida birinchi marta hanuzgacha tartibga solinmagan tarmoqda tartib o‘rnatishga harakatdir. Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda amerikaliklar kundalik hayotda duch keladigan 2 foizgina kimyoviy moddalar sog‘liqqa xavf yetkazmasligiga tekshirilgan.
Obama bunday holat nomaqbul ekanligini bilvosita tan oldi."Odamlarda biz kir yuvish kukunidan zaharlanib qolmasligimiz yoki bizning farzandlarimiz uxlayotgan matraslar ularga ziyon yetkazmasligiga ishonch bo‘lishi kerak", deb aytdi Obama.
Yangi qonunga uning qabul qilinishi uchun 15 yil kurashib kelgan, marhum senator Frenk Lautenberg nomi berildi. "Frenk buni farzandlari va nabiralari uchun qila oladigan eng yaxshi ishi deb hisoblardi. U ko‘p narsa, jumladan, misol uchun, chekishga qarshi kurash qonuni ustida ishladi", deb aytdi qonun hammuallifi va marhum senatorning hamkasbi senator Tom Yudall.
"Ko‘pchilik amerikaliklar oddiy do‘konda sotib olayotgan qandaydir mahsulot tegishli tashkilotlar uni tekshirib, xavfsizligiga ishonch hosil qilgan, degan aqidadan kelib chiqadilar. Aslida esa unday emas. Biz ta'sirlashadigan ko‘p kimyoviy moddalar zaharlidir", deb aytdi Yudall.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024