Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
8 may kuni NUJlar bilan bog‘liq 161 hujjatdan iborat birinchi to‘plam e’lon qilingandi.
AQSh mudofaa vazirligi NUJlar haqidagi maxfiy fayllarning navbatdagi qismini e’lon qildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
22 may kuni Pentagon saytida 64ta yangi fayl joylashtirildi. Ular 51 video, 7 audiofayl va 6 matnli hujjatdan iborat.

Videolarning aksariyati 2018-2023 yillar oralig‘ida Fors ko‘rfazi ustida amerikalik harbiy uchuvchilar va dronlar tomonidan suratga olingan.
Matnli hujjatlar orasida 2025 yilda vertolyot bortidan turib NUJlar guruhini ko‘rgan “razvedka katta ofitseri”ning guvohligi mavjud.
Shu bilan birga, Pentagon aksariyat videolarning manbasi va sanasi aniq ma’lum emasligini bildirgan.
8 may kuni Pentagon saytida NUJlar bilan bog‘liq 161 hujjatdan iborat birinchi to‘plam e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026