Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Milliy razvedkasiga yangi rahbar tayinlandi
AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard prezident Donald Trampga iste’fo haqida ariza berdi. U 30 iyundan lavozimini tark etishini ma’lum qildi.
Foto: REUTERS
Gabbard ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan xatida turmush o‘rtog‘i Abraxamda suyak saratonining juda kam uchraydigan turi aniqlanganini bildirgan. Shu sababli u oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga qaror qilgan.
Donald Tramp esa Gabbard o‘z vazifasini yaxshi bajarganini ta’kidlab, uning iste’fosini qabul qildi. Prezident Milliy razvedka rahbari vazifasini vaqtincha Gabbardning birinchi o‘rinbosari Aaron Lukas bajarishini ma’lum qildi.
Avvalroq OAVda Gabbard Tramp ma’muriyatining Eronga nisbatan siyosati bilan kelishmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, u AQSh va Isroilning Yaqin Sharqdagi manfaatlari turlicha ekanini aytgan hamda Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha razvedka ma’lumotlari rasmiy pozitsiyaga mos kelmasligini ta’kidlagan.
Tulsi Gabbard Iroqda harbiy xizmat o‘tagan va zaxiradagi podpolkovnik hisoblanadi. U Milliy razvedkaga rahbarlik qilgan davrda idora shtatini qisqartirgan hamda ilgari maxfiy bo‘lgan yuz minglab hukumat hujjatlarini e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026
Eron va Ummon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
17:56 / 22.05.2026