Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Jahonda gumanitar yordamga muhtoj insonlar soni 130 millionga yetdi
Sayyorada yashovchi gumanitar yordamga muhtoj aholi soni rekord darjaga – 130 mln nafarga yetdi. BMT joriy yilda dunyo mamlakatlariga ularning 95,4 mln nafarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 16 mlrd dollar mablag‘ ajratishni so‘radi. Bu haqda gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lum qilgan.
Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili donor mamlakatlar gumanitar yordamga muhtoj odamlarga 19,7 mlrd dollar hisobida mablag‘ ajratgan bo‘lsa, endilikda ushbu miqdor 21,6 mlrd dollarga oshgan. Ayni damda ajratilishi kerak bo‘lgan summaning faqatgina 5,5 mlrd miqdoridagisi kelib tushgan.
Bundan tashqari, Iroq, Suriya, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudanda ketayotgan urushlar sabab gumanitar yordamlar yarim yo‘lda yo‘q qilinmoqda.
Bugungi kunda boshqarma bor e'tiborini Kamerun, Niger, Nigeriya va Chad davlatlaridagi yordamga muhtoj aholiga qaratgan. Chunki bu davlatlar hududida “Boko Haram” terrorchilik tashkiloti o‘z jinoiy ishlarini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
22:38 / 20.01.2026