Irkutsk viloyatida 18 kishi ayiq go‘shtidan zaharlandi
Rossiyaning Irkutsk viloyati Usole-Sibirskoye shahrining 18 nafar fuqarosi ayiq go‘shtini iste'mol qilishgach, trixinellezni yuqtirib olishgan, deyilmoqda "Rospotrebnadzor"ning viloyat bo‘yicha saytida.
Bemorlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli yengil va o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda.
Qayd etilishicha, "Rospotrebnadzor" viloyat boshqarmasi, Irkutsk veterinariya xizmati bilan hamkorlikda epidemiyaga qarshi choralarni ko‘rmoqda.
Trixinellyoz - nematodozlar oilasiga mansub gijja bo‘lib, mialgiya, talvasaga tushish, tanaga toshma toshishi, qondagi eozinofiliya miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Og‘ir hollarda ichki a'zolarni zararlab, markaziy asab tizimini ishdan chiqaradi.
Mavzuga oid
11:21 / 17.08.2024
Irkutskda qulagan samolyot: “afsonaviy” Tu-22M haqida nimalar ma’lum?
14:34 / 16.07.2024
Jizzaxda ikki kishi ayiq hujumidan halok bo‘lgani haqidagi xabar rad etildi
09:42 / 09.07.2024
Urgutda qo‘ng‘ir ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 echkini yeb qo‘ydi
16:26 / 15.05.2024