Ijtimoiy tarmoqlarda Böstonliqda ayiq vahşiylarça öldirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, holat Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi Böstonliq tumani bölimi va Burçmulla davlat örmon xöjaligi xodimlari tomonidan joyiga çiqib örganilgan. Örganiş davomida davlat örmon xöjaligining Qoronği-töqay bölimi Çöloqmergan hududida bir dona Tyanşan qönğir ayiği nobud bölgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ayiq taxminan 70-80 metr balandlikdagi qoyatoşdan yiqilib tuşgan.
Ayiqning nobud böliş sabablari Özbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza markazi xulosasiga asosan aniqlanadi. Uning tanasi xulosa natijalari çiqqunga qadar Burçmulla davlat örmon xöjaligining tegişli bölimida vaqtinça saqlab turiladi.
Ekspertiza xulosasi natijalariga köra huquqiy baho berilişi bildirilgan.












