Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
70 dyuymli displey maktab doskalarini o‘rnini egallashi mumkin
Dell kompaniyasi maktab va idoralarda ishlatiladigan, bo‘r yoki magnit-marker bilan yoziluvchi doskalarni "ta'til"ga chiqarib, uning o‘rniga yangi 70 dyuymga ega C7017T sensorli monitoridan foydalanishni taklif qilmoqda. Mazkur elektron doska bir vaqtda teginuvchi 10 ta qo‘l vazifasini bajara oladi.

To‘plamga ikkita stilus va yo‘qolishlarni oldini olish uchun ekranning magnit chetida joylashinuvchi masofaviy boshqaruv pulti kiradi. Mazkur doskada yorqinlik, yoritgich uzatilishi va xonadagi sharoitga muvofiq, displey ko‘rish burchagini sozlash imkoni mavjud. Sensorli Full HD panel nurlanishga qarshi qoplama, kompyuterni yoqish uchun HDMI, VGA, RS232, RJ 45 interfeyslari, shuningdek, opsional simsiz modullarga ega.

Yangi qurilmaning asosiy to‘plam bilan birgalikdagi narxi naqd 5 ming dollarni tashkil etadi. Biroq C7017T monitori Microsoft kompaniyasining 84 dyuymli Surface Hub monoblokidan ancha arzonroqdir. Dell sensorli monitoriga ulanuvchi maktab/idora kompyuterlarining narxi 10 ming dollardan oshmaydi.
Mavzuga oid
12:36 / 06.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush dollarga talabni yana oshirdi. Nega?
18:35 / 22.02.2026
Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi
18:54 / 02.02.2026
Jahon bozorida oltin va kumush narxi quladi
19:50 / 26.12.2025