Jahon | 16:37 / 29.06.2016
18021
1 daqiqa o‘qiladi

Putin rossiyaliklarning Turkiyada dam olishiga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Turkiyaga nisbatan sayyohlik sanksiyalarini bekor qilish vazifasini yukladi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar qildi. 

Turkiyaning sayyohlik sohasiga nisbatan taqiqning bekor qilinishidan tashqari, Vladimir Putin Vazirlar mahkamasiga ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta yo‘lga qo‘yish jarayonini boshlashni buyurdi.

Putinning aytishicha, Turkiya rahbari uni rossiyaliklar Turkiya hududida xavfsiz harakatlanishi mumkinligiga ishontirgan.

Bugun ikki siyosatchi o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Turkiya prezidentiga yaqin manbalarda bildirilishicha, ushbu suhbat "juda samarali va ijobiy ruhda o‘tgan".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid