Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Qora" Chevrolet Captiva: atigi 15 dona chiqariladigan maxsus model
Chevroletning Yaponiya shaxobchasi 7 o‘rindiqli Captiva krossoverining cheklangan modelini taqdim etdi. U Perfect Black (tim qora) nomini oldi.
Maxsus model nomiga muvofiq qora rangga bo‘yalgan bo‘lib, g‘ildiraklarning yengil qotishmadan tayyorlangan disklari ham qora tusda. Salonga ham qora charmdan ishlov berilgan. Ammo, kapoti va yukxona eshigiga kulrang tusdagi chiziqlar tushirilgan.

Yangilikning jihozlanish ro‘yxatiga: orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun multimedia to‘plami (10,2 dyuymli ekran, DVD-pleyer va TV-tyuner), birinchi va ikkinchi qator o‘rindiqlarning isitilishi, orqani ko‘rish kamerasi, turargohga qo‘yishda yordam berish va ko‘rinmas hududlarni monitoring qilish tizimi hamda oltita xavfsizlik yostiqchasi kiritilgan.

Chevrolet Captiva Perfect Black, standart krossover singari 2,4 litrli 167 ot kuchiga ega dvigatel bilan taklif etiladi. Uning barcha g‘ildiraklari yetakchi hisoblanadi. Motor 6 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi bilan mashinani harakatga keltiradi.
Captiva Perfect Blackdan atigi 15 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan. U, Yaponiyada 2 iyuldan 4 090 000 yyendan sotila boshlanadi.

Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026