Jahon | 17:49 / 30.06.2016
21588
2 daqiqa o‘qiladi

Putin dunyodagi barcha muammolar yechimiga oid fikrlarini bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, RFning xorijiy davlatlardagi elchilari va maxsus vakillari oldida qilgan chiqishida, o‘zaro kelishuv va hamkorlikka tayyor turish - jahondagi barcha mavjud muammolarning yechimi bo‘lib xizmat qiladi, degan fikrni bildirdi. 

«Aynan hamkorlik, umumiy xohish-istak va o‘zaro bir to‘xtamga kelishga tayyor bo‘lish - har qanday murakkab muammolarning, ular yer sharining qaysi nuqtasida paydo bo‘lmasin, kaliti bo‘lishi lozim. Hozirda, ziddiyatli holatlar kuchayib borayapti. Iqtisodiy va gumanitar sohalardagi xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar zaiflashish o‘rniga, aksincha kuchaymoqda. Dunyoning yangi-yangi mintaqalarini qamrab olayapti. Ishonchim komilki, vaziyatlarning xavfli tus olishi, ularning boshqarib bo‘lmas darajada rivojlanishini muloqot va o‘zaro hamkorlik asosida bartaraf etish mumkin. Jahon hamjamiyati esa, yanada adolatli xalqaro tartibni shakllantirish tomon harakatlanishi kerak. U, yagona va bo‘linmas xavfsizlik qoidalari va umumiy mas'uliyat tushunchalari negizida ishlab chiqilishi lozim», — degan Vladimir Putin.

Mavzuga oid