Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev: Rossiya Turkiya bilan savdo qilish uchun peshtaxtalarni bo‘shatmaydi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning bayonotiga ko‘ra, Rossiya bozorlarda egallangan peshtaxtalarni biron bir davlat, xoh u Turkiya bo‘lsin, ataylab bo‘shatmaydi, deb xabar qilmoqda «Vesti.Ru».
Uning qayd etishicha, Turkiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni tiklash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
«Biroq, shu narsa aniqki, biz iqtisodiyotimizni, har qanday davlat, hatto Turkiya kabi yirik savdo hamkorimiz uchun ham o‘zgartirmaymiz. Nima bo‘lgan bo‘lsa, bo‘ldi. To‘g‘risini aytamiz, bizning aybimiz bilan sodir bo‘lgani yo‘q. Shu boisdan, ayrim iqtisodiy sohalardagi bo‘sh o‘rinlar boshqa davlatlar tomonidan egallab olingandi», — deb aniqlik kiritgan Medvedev.
Medvedevning qo‘shimcha qilishicha, «Rossiya bozoriga yaxshi niyatda kirib kelganlarga, Turkiya mahsulotlari qaytayotgani bois, bozorni bo‘shatinglar, degan ishora berilmaydi».
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026