Qozog‘iston 2030 yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2marta oshirmoqchi
Qozog‘iston Respublikasi 2030 yilga kelib, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb 2 baravarga oshirmoqchi, deb ma'lum qilgan mamlakat energetika vaziri Kanat Bozumboyev, Ostonada tashkil etilgan "yashil iqtisodiyot"ga o‘tish bo‘yicha Kengash yig‘ilishida.
"2015 yili respublika elektrstansiyalarida 91 milliard kVt elektr energiyasi ishlab chiqilgan, 2030 yilga borib, bu raqamni 130–175 milliard kVt/soatga yetkazish rejalashtirilmoqda", – deya Bozumboyev so‘zlaridan iqtibos keltirilgan Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov saytida.
Bozumboyevning qayd etishicha, elektroenergiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish is gazi hajmining oshishiga sabab bo‘lmasligi lozim. Buning unun o‘z vaqtida zaruriy choralar ko‘rilishi kerak.
Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov o‘z navbatida, mamlakat "yashil" iqtisodiyotni barpo etish bo‘yicha butunjahon yo‘lidan ajralib qolmasligi zarur, degan fikrni bildirgan. Chunki, yaqin kelajakda, ekologik jihatdan zararli loyihalarga xorijiy sarmoyalarni jalb etish mushkul vazifa bo‘lib qoladi.
Foto:© Fotolia
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:00 / 13.11.2024