Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Julian Assanj 45 yoshligini tutqunlikda qarshi olmoqda
Dunyodagi eng taniqli axborotchi, WikiLeaks asoschisi va xaker Julian Assanj 45 yoshga to‘lmoqda. U to‘rt yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashaydi, zero u Shvetsiya hukumati tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan, Interpol esa AQSh diplomatiyasiga oid minglab maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun uning ketidan tushgan.
Assanj Somalidagi hukumat vakillarining qatl qilinishi, Afg‘onistondagi urush va Iroqdagi harbiy mojaroga oid o‘n minglab ma'lumotlarni chop etgan. Bundan tashqari, u muhim hujjatlardagi ma'lumotlarni keng jamoatchilikka uzatishga mo‘ljallangan WikiLeaks'ga asos soldi.
Bugungi kunda Assanj Londondagi Ekvador elchixonasida mushukchasi bilan yashaydi, u axborotchini boshqa hukumatlarga topshirib qo‘ymaydigan siyosiy boshpana izlashda davom etmoqda. Zamonamizning bosh axborotchisi bizning fotogalereyamizda.

Julian Assanj Buyuk Britaniyadagi uy qamog‘ida, 2011 yil

Julian Assanj 1996 yilda

Julian Assanj yoshligida

Julian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasi balkonida e'lon qilmoqda, 2016 yil

2013 yilda "Beshinchi hukumat" biografik trilleri ekran yuzini ko‘rdi, unda WikiLeaks asoschisi Julian Assanj rolini Benedikt Kamberbetch ijro etgan

Julian Assanj London Oliy sudida, 2012 yil

Julian Assanj Shvetsariya bankining sobiq xodimi Rudolf Elmerdan navbatdagi kompromatni qabul qilmoqda, 2011 yil

Julian Assanj

2012 yilda Amerikaning "Simpsonlar" multserialining 500-qismi efirga uzatilgan, unda Assanj o‘z qahramoniga ovoz bergan

Julian Assanj Londondagi Belmarsh sudini tark etmoqda, 2011 yil
Mavzuga oid
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
09:58 / 01.04.2026
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
12:08 / 19.03.2026