Samsung’ning Xitoydagi shtati ikki yil ichida 13 barobar qisqardi
Samsung Electronics kompaniyasining Xitoydagi shtati ikki yil ichida 13 barobardan ortiq qisqardi. Bu haqida Korea Herald ma'lum qildi.
2013 yilga qadar kompaniya smartfonlarning eng yirik sotuvchisi bo‘lgan, mahalliy korxonalarda 60 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatgan. 2015 yilda esa ishchilar soni 4,5 ming nafarni tashkil qilgan. Ishchi o‘rinlar soni deyarli 12 mingga qisqargan.
O‘tgan yili Samsung Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa tushib ketdi, undan avvalgi pog‘onalarda mahalliy Huawei, Oppo va Vivo kompaniyalari joylashgan.
Samsung’ning XXRdagi muvaffaqiyatsizliklari daromadga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. 2013 yilda korporatsiyaning daromadlari 40,1 trillion (34,9 milliard dollar)ni tashkil qilgan bo‘lsa, keyingi ikki yilda bu ko‘rsatkich 33 va 31 trillion vonga tushib ketgan.
Ta'kidlash joizki, Samsung faqatgina Xitoydagi xodimlarini bo‘shatayotgani yo‘q. Koreya bozorida kompaniya 2,5 ming ishchi o‘rinlarini bekor qildi. Lotin Amerikasida Samsung xodimlari soni 3 ming kishiga kamaydi, Yevropada ham xuddi shunday tanazzul kuzatilmoqda.
Biroq 2015 yilning oxiriga kelib Samsung’ning dunyo miqyosidagi shtati 325 677 kishiga o‘sdi. Bunday o‘sish kompaniyaning yirik korxonalari joylashgan Janubi-Sharqiy Osiyo hisobiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili bu mintaqadagi kompaniya shtatiga 28 ming ishchi qo‘shilgan.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024