Sport | 23:53 / 07.07.2016
5947
2 daqiqa o‘qiladi

Fyuri Klichko bilan revansh jang 29 oktabrda o‘tishini tasdiqladi

WBA va WBO boks versiyalari bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Klichko o‘rtasidagi revansh jangi 29 oktabrda Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Fyuri tvitterda ma'lum qildi

Avvalroq Fyuri Instagram’dagi sahifasida jarohati tufayli Klichko bilan 9 iyulga belgilangan jang qoldirilganini ma'lum qilgandi. 2015 yil noyabrda Germaniyada bo‘lib o‘tgan birinchi jangda Fyuri Klichkoni hakamlarning bir ovozlik qarori bilan yutgandi va IBF, WBO va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni unvonlarini qo‘lga kiritgandi. Keyinroq bokschi chempionlik kamarini majburiy himoya qilish jangini o‘tkazishdan bosh tortgani uchun IBF unvonidan mahrum qilingandi.

"Janggacha 16 hafta qoldi. Sabrsizlik bilan kutmoqdaman", deb yozdi Fyuri "manchesteroctober29" xeshtegi ostidagi xabarda.

Avvalroq Klichko menejyeri Bernd Bente ham Fyuri bilan javob jangi 29 oktabrda Manchesterda bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Fyuri professional ringda hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan, uning hisobida 25 ta jangda 25 ta g‘alaba bor. Klichko esa o‘z hisobida 64 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyatga ega.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid