Superoğir vazn toifasida IBO/WBA/WBO versiyalari böyiça jahon çempioni bölmiş britaniyalik boksçi Tayson Fyuri va ukrainalik sobiq jahon çempioni Vladimir Kliçko revanş jang ötkaziladigan kun xususida bir töxtamga kelişdi. Jang 29 oktabr kuni ötkazilişi rasman ma'lum qilindi.
«Kliçkoning jamoasi Fyuri bilan qoldirilgan jangning yangi muddati aniq bölganidan mamnun. Bu ajoyib jang «Mançester-arena»da taşkil qilinadi. Bu köplab katta janglarga guvoh bölgan munosib joy. Vladimir 29 oktabr kuni a'lo formada böladi va u çempionlik kamarini öziga qaytarişga qodir», deya Kliçkoning menejyeri Bernd Byontening sözlarini keltirgan BoxingScene.
Kliçko va Fyuri örtasidagi revanş jangi şu yilning 9 iyul kuni Mançester şahrida bölib ötişi kerak edi, ammo britaniyalik boksçi jarohat olgani uçun boşqa muddatga qoldirildi.
2015 yilning noyabr oyida Germaniyada ötkazilgan 12 raundlik jangda oçkolar böyiça hakamlarning yakdil qarori bilan Tayson Fyuri Vladimir Kliçko ustdan zafar quçgan hamda WBA, WBO va IBF titullarini qölga kiritgandi. Keyinroq britaniyalik himoya jangini ötkazişdan boş tortganligi uçun IBF kamaridan mahrum qilingandi.
28 yoşli Tayson Fyuri professional ringda biror marta ham mağlubiyatga uçramagan. Uning hisobida 25 ta ğalaba (şulardan 18 tasi nokaut bilan) mavjud. 40 yoşli Kliçko professional faoliyati davomida 68 ta jang ötkazib, 64 tasida (şulardan 53 tasi nokaut bilan) zafar quçgan va 4 ta jangda mağlubiyatga uçragan.












